Aziz va muqaddas ayol
Aziz va muqaddas ayol

 

Namangandagi muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti jamoasida mehnat qilayotgan barcha ayollar va talaba-qizlarni “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan tabriklash va taqdirlash maqsadida “Aziz va muqaddas ayol” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan shahar kengashi raisi Dilnoza O‘rinboyeva hamda fakultet dekani Fayzullo Nishonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Uchrashuvda sidqidildan mehnat qilib, o‘z faoliyati bilan institut va viloyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayol professor-o‘qituvchilarga Namangan viloyat hokimligi, O‘zbekiston XDP Namangan shahar Kengashi hamda institut rektorining tashakkurnomalari va dekanat tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Yakunda institut bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan hamda yoshlarning siyosiy dunyoqarashini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasini inobatga olib, Xalq demokratik partiyasi Namangan shahar Kengashi raisi Dilnoza O‘rinboyevaga institut rektorining tashakkurnomasi, fakultet dekanatining esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish