Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish borasida qator qonun, qaror va farmonlar qabul qilingan. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Qarshi tumanidagi "Mirmiron" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston XDP Qarshi tuman kengashi raisi Z. Azizova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Begimqulovalar so‘zga chiqib, ijtimoiy davlat tamoyili asosida oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning mehnat, ta’lim va sog‘liqni saqlash borasidagi huquq va imtiyozlari, me’yoriy-huquqiy hujjat va nizomlarda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan tushunchalar berib o‘tishdi.
Qatnashchilarning savollariga atroflicha javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar ham berildi.