Murojaatlar ijobiy hal etiladi
Vazirlar Mahkamasining 31 mart 2022 yildagi «Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 145-sonli qarorining Zarbdor tumanidagi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi «Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha» doimiy komissiya a’zolari, O‘zXDP Jizzax viloyat Kengashi mas’uli B. Eshaliyev, tuman Kengashi deputati N. Allamuratovalar mahalla oqsoqollari bilan birgalikda Shodlik mahallasida «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.
Mas’ullar tomonidan ayollar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi. Murojaatlarning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.