Xotin-qizlarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda
Xotin-qizlarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda

 

O‘zXDP G‘allaorol tumani kengashi tomonidan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish maqsadida tumandagi “Lalimikor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabi faollar zalida tadbir tashkil etildi.

Xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish oyligi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zXDP Jizzax viloyati kengashi deputati Sh. Safarova, tuman kengashi raisi K. Usmonov, mahalla raislari va mahalladagi xotin-qizlar, yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mas’ullar so‘zga chiqib, mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdilar. Xotin-qizlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Tadbir muhokamalarga boy kechdi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish