Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish oyligi
Qonunlardan xabardormisiz? Ayollarga bir qator imtiyozlar berilgan bo‘lib, ularning aksariyati mehnat qilish bo‘yicha huquqlarni ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston XDP Buxoro viloyati kengashi raisi Z. To‘yyeva Buxoro shahrining “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib, ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati, ular uchun yaratilayotgan sharoit, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, xotin-qizlarning haq-huquqlari to‘g‘risida xalqchil tilda ma’lumotlar berdi.
Tadbir qatnashchilarining aksariyati yosh qizlar bo‘lganligi sababli, ularning siyosiy va huquqiy bilimini oshirish orqali joriy yilda bo‘ladigan saylovlarda faol bo‘lishga chaqirdi.