Xalq bilan yuzma-yuz uchrashildi
Xalq bilan yuzma-yuz uchrashildi

 

“O‘zbekison 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida” amalga oshirishga oid davlat dasturining 79-maqsadida “Siyosiy partiyalarning qonun ijodkorligi, jumladan, qonun loyihalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini tashkil etishdagi rolini oshirish, “Markaz-viloyat-tuman” tartibida ishlaydigan tizimning konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zXDP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Do‘stlik tumani Manas mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 5-sonli maktabda aholi bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etildi.

 

O‘zXDP viloyat Kengashi raisi N. Xolmatov, Manas MFY raisi A. Kenjayev, tuman Kengashi deputatlari X. Mingjigitov hamda P. To‘rayevlar so‘zga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, farovonlik va taraqqiyotga erishish yo‘lida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, хorijiy tillarni o‘rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tishdi.

Tadbirdan so‘ng partiya mas’ullari tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.

Bundan tashqari, mahalla hududida imtiyozli kreditlar olib, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlagan, o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy daromadga ega bo‘lgan fuqarolarning ham xonadonida bo‘lindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish