Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Chunki qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz uchun ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham siyosiy ahamiyat kasb etgan sohadir.
Qishloq xo‘jaligi mamlakatimizning oziq-ovqat fondini shakllantiradi, yurtimizning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlaydi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun xom ashyo yetkazib beradi, eng asosiysi, aholini ish joylari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu soha iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlantirishda ham muhim o‘rin egallaydi.
Tobora kuchayib borayotgan iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi, yerlarning meliorativ holati buzilishi kabi muammolar qishloq xo‘jaligini qator muammo va tahdidlar girdobida qoldirmoqda. Uzoq yillar davomida sohada to‘laqonli bozor munosabatlariga asoslangan islohotlarning amalga oshirilmagani, davlat tomonidan eng ko‘p tartibga solinadigan soha bo‘lganligi, davlat buyurtmasi, yerdan foydalanishga bo‘lgan huquqlarning cheklangani va himoyalanmagani kabi muammolar samaradorlikning pasayishiga olib kelgan.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 2019-yilgi Parlament va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ushbu sohani rivojlantirish, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari mahalliy budjet mablag‘lari va xususiy investitsiyalar hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hududiy dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratgan edi.
Qishloq xo‘jaligini jadallashtirish
Oziqovqat borasida birlamchi zarur ehtiyojlarimizni ta’minlash qishloq xo‘jaligisiz bo‘lmaydi.
Bugungi global iqtisodiyot sharoitida raqobatda yutish orqali jadal rivojlanishga erishishning muhim sharti – qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga tannarxni kamaytirish, chuqur qayta ishlashga va qo‘shilgan qiymat yaratishga ko‘proq investitsiya jalb qilish orqali eksportni ko‘paytirish dolzarb masala hisoblanadi. Buning uchun qishloq xo‘jaligi, butun iqtisodiy kompleks sohasini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni, tashkiliy va moliyaviy instrumentlarni joriy qilish zarur.
Shu maqsadda sohani isloh etishga qaratilgan ko‘plab normativhuquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Prezidentning 2020 yil 18 maydagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi va organik oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi hamda konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Shuningdek, Prezidentning 2021 yil 23 noyabrdagi “Mevasabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 20222025 yillarda zaxiraga qaytariladi. Dehqon va fermerlarga kichik intensiv bog‘ va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha kredit ajratish yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativhuquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti qabul qilindi.
Natijada oxirgi 67 yilda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Yalpi ichki mahsulotining to‘rtdan biri, 25,1 foizi aynan mazkur sohaga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, respublika bo‘yicha band bo‘lgan aholining qariyb 24,9 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga to‘g‘ri kelib, bu ko‘rsatkich 3,5 mln. kishini tashkil etmoqda. Birgina 2023 yilning o‘zida yurtimizda 23 million tonna mevasabzavot yetishtirilib, oziqovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Har yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini qo‘llabquvvatlashga 700 milliard so‘m, ishlab chiqarishni ko‘paytirishga 1 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda.
Yana bir muhim masala borki, bu – bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, yetishtiruvchilarni moddiy resurslar (xizmatlar) bilan uzluksiz ta’minlash hamda yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish hisoblanadi.
Ushbu masalada ham Prezidentning 2022 yil 27 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, mevasabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan, 11 oylik imtiyozli davr bilan 2022 yilda 300 milliard so‘m, 2023 yilda 400 milliard so‘m budjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratilishi belgilandi.
Oziq-ovqat xavfsizligi
Oziqovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.
Bugungi kunda tabiatga befarq munosabatda bo‘lish, isrofgarchilik, ilg‘or va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi oziqovqat balansi bo‘yicha farqning o‘sayotgani, iqlim o‘zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Nozne’matlarimiz, chuchuk suv, o‘rmonlar, biologik xilmaxillik keskin sur’atlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrashini kuzatayapmiz.
Ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan bo‘lsa, 2050 yilga borib bu son 2 mlrd. kishiga yetishi aytilmoqda. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.
Oziqovqat xavfsizligi har bir davlatning mustaqilligini, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy barqarorligini ta’minlashning muhim garoviga aylanib bormoqda.
Respublikamizda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha strategik choratadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oziqovqat xavfsizligi masalasiga davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, Prezidentning “Mamlakatning oziqovqat xavfsizligini yanada ta’minlash choratadbirlari to‘g‘risida”gi, “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 20202030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi kabi qator farmon va qarorlari qabul qilindi. “20192024 yillarda mamlakatda oziqovqat xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturi” ishlab chiqildi.
Natijada yiliga 20 million tonnadan ortiq mevasabzavot mahsulotlari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Keyingi yillarda 800 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sig‘imlariga ega bo‘lindi.
Oziqovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6,1 milliard AQSH dollaridan, ularning yillik eksporti hajmi 510 million AQSH dollaridan oshdi.
Shuningdek, oxirgi uch yilda import o‘rnini bosuvchi 75 turdagi 289,9 million AQSH dollari miqdoridagi oziqovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilishi ta’minlanib, import hajmi 7,4 foizga kamaydi. Respublika sanoatida oziqovqat sanoati ulushi 14 foizdan 16,6 foizga oshdi.
Qancha uzum, qancha kartoshka xohlaymiz?
Tibbiy me’yorlar bo‘yicha aholining mevasabzavotlarga talabi 10 mln 300 ming tonnani, shundan kartoshka 1 mln 784 ming tonna, sabzavotlar 4 mln 440 ming, mevalar 2 mln 479 ming, uzum 593 ming, poliz mahsulotlari 583 ming, dukkaklilar 115 ming, guruch 332 ming tonnani tashkil etadi.
Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, 2020 yilda 24,8 mln. tonna (2019 yilga nisbatan 125 foiz ko‘proq) 88 turdagi mevasabzavotlar yetishtirib olingan bo‘lsa, islohotlar va imkoniyatlarni kengaytirish hisobiga 2023 yilda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi yanada oshdi.
Xususan, o‘tgan yili 8,4 mln tonna don mahsulotlari, 3,6 mln tonna kartoshka, 11,6 mln tonna sabzavotlar, 2,4 mln tonna poliz ekinlari, 3,1 mln tonna meva va rezavorlar hamda 1,7 mln tonna uzum yetishtirildi.
Ham o‘zimizga, ham eksportga
Qishloq xo‘jaligini tubdan rivojlantirish nafaqat, 36 milliondan ziyod aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash, balki eksport ko‘lamini ham oshirish imkonini bermoqda.
Hozirgi vaqtda yurtimizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 60 dan ziyod mamlakatiga eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Birgina mevasabzavot va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi oxirgi yetti yilda qariyb 2 barobarga oshdi.
2023 yilda Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Kolumbiya, Indoneziya kabi 10 dan ortiq yangi bozorlarga chiqildi, mahsulotlarimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi.
Strategiyada belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 2022 yilda qator qonun, farmonlar imzolandi. Hududlarni bosqichmabosqich qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish maqsadida 11 ta normativhuquqiy hujjat ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi.
Ushbu normativhuquqiy hujjatlarga asosan aholining kafolatlangan oziqovqat mahsulotiga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish va eksport hajmini oshirish maqsadida 226 ming gektar sabzavot (2016 yilga nisbatan 37 ming gektar ko‘p), 53 ming gektar poliz (2016 yilga nisbatan 1,1 ming gektar ko‘p), 105 ming gektar kartoshka (2016 yilga nisbatan 27 ming gektar ko‘p) ekildi.
Natijada O‘zbekiston Global oziqovqat xavfsizligi indeksi (The Global Food Security Index — GFSI)da 12 pog‘ona yuqoriladi. 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sishga erishgan 10 ta mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi. 2022 yilda Global oziqovqat xavfsizligi indeksi reytingida O‘zbekiston indeks ko‘rsatkichi 57,5 ni tashkil qilib, 73o‘rinni qayd etdi.
2024 yilda meva-sabzavot 2,5 mlrd dollarga va boshqa oziq-ovqat mahsulot eksportini 1 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda meva eksportini 45 foizga, sabzavotni – 50 foizga, poliz ekinlari eksportini – 36 foizga, uzumni – 2,2 barobarga va dukkakli mahsulotlar eksportini 32 foizga ko‘paytirish uchun choralar ko‘rilmoqda.
Sifatli va arzon
Jahon oziqovqat kon’yukturasi murakkablashib borayotgan sharoitda ekin yerlari, tomorqalardan samarali foydalanish orqali aholini arzon va sifatli oziqovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash eng muhim masala hisoblanadi.
Asosiy turdagi oziqovqat mahsulotlarining mo‘l va arzon bo‘lishini ta’minlash choralari ko‘rilishi, fermer va tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar natijasida mahsulot yetishtirish hajmi oshmoqda. Agrar sohada aholining bandligini ta’minlash maqsadida 200 ming gektar yer ajratilganligi hamda 500 ming gektar qo‘shimcha yerlar foydalanishga berilganligi ichki bozorda narxnavoni barqaror saqlashga xizmat qilmoqda.
Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziqovqat va iste’mol mahsulotlariga ehtiyojni ta’minlash maqsadida 2023 yil 23 martda “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2023 yil 28 dekabrda “Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziqovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash choratadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari qabul qilindi. Natijada import qilinadigan 36 turdagi birlamchi oziqovqat mahsulotlari (go‘sht mahsulotlari, baliq, sut mahsulotlari, tuxum, mevalar, sitrus mevalar, o‘simlik yog‘i, bosh qa oziqovqat mahsulotlari) uchun import bojxona bojining “nol” stavkalarini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Mazkur imtiyozlar tufayli tashqi savdo aloqalari geografiyasi ham kengaygan. Jumladan, Ekvador, Eron va Norvegiya davlatlaridan oziqovqat mahsulotlari import hajmlari oshdi. Argentina va Serbiya davlatlaridan oziqovqat importi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida agrar sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar, jumladan, qishloq xo‘jaligiga bozor mexanizmlarini joriy etish orqali dehqon va fermerlar daromadini 2 baravar oshirib, agrar tarmoqda yillik o‘sishni kamida 5 foizga yetkazish belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.
Ko‘rinib turibdiki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziqovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi islohotlar ko‘lami va yo‘nalishi ko‘proq aholi farovonligini ta’minlash va mamlakat iqtisodini mustahkamlashga qaratilgan. Bu yo‘lda aholining muhtoj qatlamini qo‘llabquvvatlashga ham alohida urg‘u berilgani O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining yutug‘i ekanidan dalolat.
Sohada islohotlarni jadallashtirish, albatta, kelgusida mamlakatimiz aholisining farovonligini oshirish hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ustuvor dasturiy maqsad va tashabbuslari bilan hamohangdir.
Abror Qurbonov,
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi boshqarma boshlig‘i.
«O‘zbekiston ovozi», 17.04.2023, №16