Islohotlar targ‘iboti olib borildi (video)

 

Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mahallalarni obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, Sayxunobod tajribasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Bo‘ronov Paxtachi tumanida bir qator targ‘ibot ishlari va davra suhbatlari o‘tkazdi.

Kun avvalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Qonunchilikdagi yangiliklar haqida so‘zlab, deputatlar bilan fikr almashdi.

Shundan so‘ng 1- sektor hududidagi «Tinchlik», «Istiqbol» va «Yobu» mahalla yettiligi hamda oqsoqollari bilan ham qonunchilikdagi yangiliklar borasida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazildi.

Aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqalaridan samarali foydalanish holatlarini o‘rgandi. Sayxunobod tumani tajribasi borasida mahallalarda bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida hokim yordamchilari bilan suhbatlashdi.

Kun ikkinchi yarmida 3-sektor hududidagi «Nurafshon», «Obodon» va «Gulobod mahallalarida ayni shu mazmundagi uchrashuv hamda davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish