Aholi tomorqasidan samarali foydalanish holati o‘rganilmoqda
Aholi tomorqasidan samarali foydalanish holati o‘rganilmoqda

 

Tomorqa nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki, aholining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham o‘rni va ahamiyati katta Ayni kunlarda Zomin tumanining barcha mahallalaridagi aholi shaxsiy tomorqalarida bahorgi ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Mahalla mutasaddilari ham tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o‘rganishlar amalga oshirib, tomorqa egalariga zarur tavsiya va amaliy ko‘mak bermoqdalar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi a’zolari bilan birgalikda tumanning “Xalqabod” va “Qo‘rg‘on” mahallalarida aholi tomorqalarining har qarich yeridan oqilona foydalanishlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib, tushuntirishlar berilmoqda.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish