Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.O‘razboyev Mahalla uyushmasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi rahbari A.Mamadiyev, Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman kengashi deputatlari, O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi xodimlari bilan birgalikda “Tokchilik”, “Ravalliq”, “Yakkaqayrag‘och”, “Qangli” hamda “Yoyilma” mahallalari faollari, aholi xonadonlari, mahalla xududlaridagi umumta’lim maktablari hamda tibbiyot muassasalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotlarda yaqinda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi mazmun-mohiyati, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani tajribasi doirasidagi yangi loyihalar, «Yashil makon» umummilliy loyihasining ahamiyati yuzasidan tushuntirish berildi. Mahallalarda tashkil etilgan namunali xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Deputatning aholi vakillari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.