Bugun Bo‘stonliq tuman hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova boshchiligida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan muammo va kamchiliklar haqida so‘z yuritildi.
Shu kunning o‘zida Q.Qosimova tegishli mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda “Dumaloq”, “Chinor”, “Pargos” MFY hududlarida bo‘lib, mahalla raislari, fuqarolar bilan muloqot qildi. Uchrashuv avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.
Shundan so‘ng, fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ijrosi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi