Yangi qonun loyihalari targ‘iboti aholiga yetkazildi

 

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mahallalarni obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, Sayxunobod tajribasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga huquqni e’tirof etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi D.Mamadjanova Farg‘ona tumanida bir qator targ‘ibot ishlari va davra suhbatlari o‘tkazdi.

 

Kun avvalida deputat “Oqbilol”, “Yangiobod” va “Dilkusho” mahalla yettiligi hamda oqsoqollari bilan qonunchilikdagi yangiliklar borasida suhbatlashdi.

Shundan so‘ng tuman hokimligi katta majlislar zalida tumandagi mahalla yettiligi hamda Farg‘ona viloyati elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari bilan uchrashdi. Hokimlikning kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputatlari bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar targ‘ibotini amalga oshirish davomiyligini ta’minlash yuzasidan kelishib olindi hamda deputatlar bilan fikr almashdi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish