Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich
Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich
Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich


O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi

 

Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov 1962-yil 6-avgustda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek.

Ma’lumoti – oliy. 1985-yili Toshkent politexnika institutini, 1998-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-iqtisodchi, pedagogika fanlari doktori, professor.

Mehnat faoliyatini 1985-yil Toshkent politexnika institutida o‘qituvchilikdan boshlagan.

1993-1999-yillarda Toshkent arxitektura qurilish institutida dekan o‘rinbosari, dekan, 1999-2011-yillarda Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji direktori vazifalarida ishlagan.

2011-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, 2013-yildan xalq ta’limi vaziri, 2018-yildan esa Namangan davlat universiteti rektori sifatida samarali faoliyat yuritgan.

2019-yildan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi.

2019-yilda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

2023-yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod bo‘lgan.

U.I.Inoyatov bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Nazariy va amaliy tajribaga ega salohiyatli rahbar sifatida o‘zini namoyon etgan. U 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi hisoblanadi. Uning ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash borasidagi qator takliflari mamlakatimiz ta’lim tizimi rivojlanishida keng qo‘llanilmoqda.

Partiya yetakchisi, fraksiya rahbari sifatida davlat va jamiyat boshqaruvi, ichki va tashqi siyosat, sud-huquq, aholini ijtimoiy himoya masalalarida katta tajriba to‘plagan, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali – ikki nafar farzandi bor.