Boʻsh ish oʻrinlari

 

O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlaridagi vakant joylar bo‘yicha

MA’LUMOT

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi. 2023 yil 21 avgust holatiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, viloyat, tuman va shahar kengashlarida quyidagi bo‘sh (vakant) shtatlar mavjud.

 

O‘zXDP Markaziy Kengashi

 

Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Axborot xizmati sektor mudiri

2022 yil

Nomzod o‘rganilmoqda 

 

Ishga qabul qilishdagi talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishligi;

- boshqa siyosiy partiyada a’zo bo‘lmaslik (tuman va shahar kengashi raisligi lavozimiga tavsiya etiladigan xodimlar uchun O‘zbekiston XDPga a’zolik majburiydir);

- tuman va shahar kengashi raisligi lavozimiga tavsiya etilayotgan xodimlarda oliy ma’lumot mavjudligi;

- Nazorat-taftish bo‘limi boshlig‘i va Bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan xodimlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot hamda kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishligi;

- tuman va shahar kengashi raisligi lavozimiga tavsiya etilayotgan xodimlar mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va demokratik islohotlarning asosiy ustuvorliklarini, siyosiy partiyalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik me’yorlarini bilish va aniq anglashligi hamda tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlari, jamoada ishlash, axborot-tahliliy faoliyat yuritish, omma oldida chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishligi;

- elektron hujjat almashish tizimida ishlash asoslarini bilish, ofis dasturiy ilovalar bilan foydalana oladigan darajada personal kompyuterda ishlash borasida amaliy ko‘nikmalar, internet tarmog‘i, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash, elektron pochta va elektron hujjat almashish tizimidan foydalanish, orgtexnikadan foydalanishni bilishligi;

- yuksak madaniyatli va manaviy yetuk bo‘lishligi.

Bunda, yetakchilik qobiliyatiga ega va ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishga intilayotgan, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yuksak tayyorgarlikka ega, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bo‘lgan - yosh, istiqbolli kadrlarga afzallik beriladi.

 

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- qaysi vakant lavozimga ishga kirishni hohlayotganligi to‘g‘risida ariza;

- nomzodning ma’lumotnomasi (rasmi bilan, belgilangan tartibda to‘liq to‘ldirilgan bo‘lishi lozim);

- so‘rovnoma (o‘z qo‘li bilan to‘ldirilishi lozim);

- nomzodning oxirgi ish joyidan tavsifnoma;

- nomzodning tarjimai holi;

- 2x3 sm o‘lchamdagi rangli 4 ta rasm;

- nomzod to‘g‘risida fikrnoma (uch kishidan):

- ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- mehnat daftarchasidan nusxasi;

- malaka oshirgan kurslar bo‘yicha sertifikat yoki ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi (yashash joyi ko‘rsatilgan varag‘i bilan).

 

Hujjatlarni qabul qilish joyi: Тошкент shahar, Yunusobod tumani, Mustaqillik maydoni, 5/3 – bino.

Aloqa uchun telefonlar (0371) 239-83-10, 239-15-85, 239-19-03.

Aloqada bo‘luvchi shaxs: O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlsh bo‘limining Kadrlar bilan ishlash sektori mudiri Ramanova Gavhar Kenjayevna.

Aloqa ma’lumotlari: e-mail: uzxdp@mail.ru

Internet-sayt: www.xdp.uz

 

Izoh: Ўзбекистон XDP Markaziy Kengashiga tavsiya etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.