Deputat mahallada saylovchilar bilan uchrashdi

 

O‘zXDP G‘allaorol tuman Kengashi deputati M.Bobоyeva «Madaniyat» MFYda saylovchilar bilan uchrashib, aholining taklif va muammolarini o‘rgandi. Aholi tomonidan bildirilgan takliflar va masalalar yozib olindi hamda tegishli mutasaddilar bilan birgalikda amaliy ishlar olib borilishi belgilandi.

Shuningdek, Sog‘lom avlod uchun xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda «Sog‘lom ona – sog‘lom oila» shiori ostida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Tashxislarga qarab, ularga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish