Ayollarga ko‘mak

 

O‘zXDP Zafarobod tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari ishtirokida “Ayollarga ko‘mak” loyihasi amalga oshirildi.

“Bo‘ston” mahallasida tashkil etilgan tadbirda tuman Kengashi deputatlari, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zolari, 19-Yangi hayot saylov okrugi deputati J.Quvondiqov, 17-Qutlug‘yo‘l saylov okrugi deputati A.Ixtiyorov, 16-Boqquduq saylov okrugi deputati B.Xamroqulovlar “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2024 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish dasturida belgilangan maqsad va vazifalar yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tishdi.

Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyasiga oid qabul qilingan qonunlar va qarorlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolarini o‘rganish va ularni joyida hal etish choralari yuzasidan fikr-mulohazalar almashindi. Loyiha doirasida 6 nafar ayolning muammolari yozib olinib, ijobiy hal qilinishi belgilab olindi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish