"Mehr ulashib" loyihasi

 

Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5215-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar bilan muntazam ravishda davra suhbatlari olib borilmoqda.

Shu asnoda, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, Zarbdor tuman Kengashi deputati N.Allamuratova va O‘zXDP viloyati Kengashi mas’ul xodimi D.Turg‘unovalar birgalikda Sharof Rashidov tumanidagi "Onajonim orzulari" oilaviy bolalar uyida bo‘lishdi.

Xonadon egasi Sharofat opa gulchilik bilan shug‘ullanadi. Oilada 8 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Bolalar uchun barcha shart sharoitlar mavjud. Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish bilan birgalikda, gulchilik ishlarida yordam berib kelishmoqda. Ular bilan kelajakdagi orzulari, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish kerakli va kitob mutolasi bo‘yicha suhbat olib borildi. Bolalarga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chiqarilgan kitoblardan sovg‘a qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish