Chilonzorda bayram shukuhi
Chilonzorda bayram shukuhi

 

Chilonzor tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Zafarjon Mirzaulukov ham har yili an’anaviy tarzda o‘z okrugida joylashgan "Mevazor", "2-Qatortol" va "Yakkabog‘" mahallalarida yashovchi bolajonlar uchun unutilmas lahzalarga boy, quvnoq tadbirlarni tashkillashtiradi.

Kuni kecha ayni mahallalarda yashovchi bolajonlar G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga taklif etildi va deputat ko‘magida barcha o‘yingohlardan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bayram munosabati bilan salqin va shinam, zamonaviy o‘yingohlarga ega bog‘da mazza qilib, sayr qilgan bolajonlar chin dildan quvonishdi va okrug deputati Zafarjon Mirzoulukovga minnatdorlik bildirishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish