Qorako‘llik nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qorako‘l tuman kengashi tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotni partiya tuman kengashi raisi kirish so‘zi bilan ochib, tumandan ko‘rsatilgan nomzod tarjimayi holi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Uchrashuvda partiya Saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan taklif va tashabbuslar, belgilangan asosiy yo‘nalishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Qizg‘in savol-javob tariqasida o‘tgan uchrashuv so‘nggida ishtirokchilar tomonidan nomzodning Saylovoldi dasturi qo‘llab-quvvatlandi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish