Saylovchilar XDPni qo‘llab-quvvatlashmoqda

 

Farg‘ona shahridagi “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filialida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning nomzodlari tomonidan saylovoldi tashviqoti uchrashuvi tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga nomzodlar Dilbarxon Mamajonova, Shohruxbek O‘ktamovlar ishtirok etdi.

Muloqotda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodlari hamda partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan asosiy maqsad va vazifalar saylovchilarga tushuntirildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar partiyani qo‘llab-quvvatlab, fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish