Birinchi ovoz men uchun faxr!

 

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyati kengashi tomonidan Buxoro davlat pedagogika institutida birinchi marta ovoz beruvchi yosh saylovchilar ishtirokida tadbir o‘tkazdi.

Talabalarga saylov jarayonida fuqarolar o‘z huquqlaridan to‘liq foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgani, tenglik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillariga qat’iy amal qilinishiga e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarimiz yig‘ilganlarga partiya saylovoldi dasturidagi asosiy jihatlarni oddiy, xalqchil tilda gapirib berdilar.

Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, yakunda partiya va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish