Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz bering

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Andijon kengashi tomonidan Mashinasozlik instituti majlislar zalida saylovoldi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Birgalikda ijtimoiy davlat sari” shiorini o‘zida mujassam etgan partiya maqsadlari aniq vazifalar ro‘yobiga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligi haqida tushunchalar berildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga ko‘rsatilgan nomzod M. Zaylobidinov, Viloyat kengashiga ko‘rsatilgan nomzod M.Sultonova, B.Qurbonov hamda shahar kengashiga ko‘rsatilgan nomzod M.Jalolov va boshqa nomzodlar, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbiri jarayonida saylovchilar siyosiy jarayonlarda faol bo‘lish hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish