Partiya va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Baliqchi tuman kengashi tomonidan Ibn Sino nomli Baliqchi tibbiyot texnikum majlislar zalida saylovoldi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda partiya maqsadlari aniq vazifalar ro‘yobiga, xususan ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat tamoyillariga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbiri davomida saylovchilarga saylov jarayonlarining muhimligi, demokratik davlatni barpo etishda aholi, ayniqsa, yoshlarning faol bo‘lishi muhim ekanligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish