Yangi g‘oyalar tanishtirildi

 

Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi” va Qo‘shtepa tumanidagi “Ibrohimjon gilamlari” korxonasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Farg‘ona hududi bo‘yicha 55-okrugdan nomzod Abrorjon Qurbonov, deputatlikka nomzod Dilbarxon Mamajonova viloyat, tuman kengashiga nomzodlar saylovoldi targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazishdi.

Dastlab, O‘zbekiston XDP Qo‘shtepa tuman kengashi raisi Shavkatjon Sharopov nomzodlarning tarjimai holi bilan saylovchilarni tanishtirdi. Shundan so‘ng yig‘ilganlarga partiya saylovoldi dasturida nazarda tutilgan eng muhim tashabbuslar va takliflar, yangi g‘oyalar tanishtirildi.

Xususan, ijtimoiy yo‘naltirilgan takliflar, ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik xususidagi tashabbuslarning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish