Partiya kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tarafdori

 

Buvayda tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning nomzodlarining saylovoldi tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Dilbarxon Mamajonova, O‘zXDP Buvayda tuman tashkiloti raisi Habibaxon Toshmatova hamda viloyat, tuman kengashiga nomzodlar ishtirok etdi.

Nomzodlar tomonidan partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani ta’kidlandi.

Partiya har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratishga intiladi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish