Saylov - har bir partiya uchun katta sinov, shu bilan birga keng imkoniyat va mas’uliyat hamdir. Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ayniqsa, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish choralarini kuchaytirish, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish hamda saylovlardagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Xiva tumanida partiyaning faol ayollari, mahalla xotin-qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda partiyaning xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N. Masharipova tomonidan xotin-qizlarning hayot va jamiyatda munosib o‘rin tutishlari, munosib hayot tarziga ega bo‘lishlari, muntazam muloqotda bo‘lib, muammolarini o‘rganib, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar olib borilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tobora yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlarida har doimgidan-da faol bo‘lishga chorladi.