Har bir inson farovonligi uchun!
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashi deputatligiga nomzod Hakimov Odil Tolibovich tomonidan Buxoro tumani 21-Do‘stlik saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda saylovchilarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ijtimoiy himoyani kuchaytirish, pensiya tizimiga o‘zgartirishlar kiritish, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati aniq misollar bilan so‘zlab berildi.
Partiya g‘oyalari va nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.