O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi mas’ullari B.Qurbonov va Yo.Mo‘minovalar Andijon davlat tibbiyot institutida targ‘ibot uchrashuvini tashkil etdi. Muloqotda yoshlarga partiyamiz Saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan maqsad va g‘oyalar haqida batafsil so‘zlab berildi.
Jumladan, kasallikni barvaqt aniqlash orqali uning salbiy oqibatlarini yumshatishga erishish maqsadida aholini skrining qilish ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rish, соғлом qarish bo‘yicha strategiyani ilgari surish orqali barcha sohalarda keksa odamlarning faol ishtirokini rag‘batlantirish, sog‘liq uchun zararli mahsulot guruhlariga soliq yukini oshirish va shu orqali sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash intensivligini oshirish kabi taklif va tashabbuslar haqida so‘z yuritildi.
XDPga va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.