Go‘zal va hamisha navqiron Samarqand shahri shu kunlarda yanada o‘zgacha chiroy ochgan. Yaqin kunlarda mamlakatda yana bir muhim siyosiy jarayon o‘tishini Samarqandda yashovchi har bir fuqaro xabardor bo‘lib, his qilib turibdi.
Chunki O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining faollari, tarafdorlari, volontyorlik guruhlari bo‘lajak saylovlarni faol targ‘ibot qilmoqda. Ko‘chalarga partiyaning bosh shiori hamda nomzodlari aks etgan bannerlar osib chiqilgan. Samarqand viloyati hamda shahrining ko‘plab hududlarida, jumladan “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog‘ida maxsus shoxobcha tashkil etilib, partiyaning Saylovoldi dasturdagi muhim taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati tushuntirib borilmoqda.
Joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda har bir inson farovonligi, jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida kurashayotgan partiyaning Saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib, uning faoliyati va tashabbuslariga oid flayerlar, bukletlar va yangi dastur o‘rin olgan kitobchalar aholiga tarqatilmoqda. Saylovchilar bilan muloqotlarda kuchli ijtimoiy-siyosiy qarashlarga ega, jamiyat hayotida faol, fidoyi shaxslar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatilgani ta’kidlanmoqda. Partiyaning taklif va tashabbuslarining mazmun-mohiyati, ahamiyati tushuntirilyapti.
Xususan, partiya aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash hamda qurilish sohasida samarali nazoratni ta’minlashga erishish uchun qator vazifalarni belgilab olish zarur deb hisoblaydi. Kambag‘allarga jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan ayollar uchun arzon uy-joylar qurilishini yanada ko‘paytirish maqsadida “Ijtimoiy turar joylar to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish, qurilishlar ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, qurilish jarayonlarini tartibli, aholiga va atrof-muhitga zararsiz tartibda tashkil etish, qurilishlarda shovqin va chang-to‘zon darajasini o‘lchash tizimini yo‘lga qo‘yish, qurilishga oid talablarni kuchaytirish, shu jumladan, qurilishlarda yashil zona, maktab, bog‘cha, poliklinika, avtoturargoh kabilarni inobatga olish bo‘yicha talablarni qonun darajasida qat’iy belgilash maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Shuningdek, targ‘ibot tadbirlarida partiya g‘oyalarining asl maqsadi ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat prinsiplari asosida ishlab chiqilgani, aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qilishi ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz bering!