Har bir inson farovonligi uchun!

 

Qumqo‘rg‘on tuman “Nurli diyor” mahallasi hududida joylashgan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Rajabova Natalya Bazarovnaning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda nomzod tomonidan partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish yuzasidan taklif qilinayotgan g‘oya va tashabbuslar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Ishtirokchilar joriy yil 27-oktabrda o‘tkaziladigan saylovlarda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

Tadbir yakunida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish