Huquqimizni yaxshi bilmasdan, burchimizni anglay olmaymiz

 

O‘zbekiston ijtimoiy davlat. Buni bugun hech kim inkor eta olmaydi. Zero, bu jumlalar Konstitutsiyada muhrlab qo‘yildi. Demak, Bosh qonunimizda yozilgan har bir me’yor, har bitta ta’rif so‘zsiz itoat qilinishi yoki amalga oshirilishi zarur bo‘lgan hayotiy haqiqat sanaladi.

Shu kunlarda Konstitutsiya qabul qilingan sana oldidan joylarda turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ularda odamlarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, odamlar hayotidagi o‘rni yana bir karra tushuntirilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi ekani haqida suhbatlashildi. Muloqot davomida Bosh qomusimizning yaratilish asoslari, unga kiritilgan asosiy tushunchalar, yangi o‘zgartirishlar hamda qo‘shni davlatlarimiz Konstitutsiyasi bilan o‘xshashliklari va farqlari xususida mulohazalar bildirildi.

Shu bilan birga, saylov tizimidagi o‘zgartirishlar haqida atroflicha muhokama o‘tkazildi. Suhbat yoshlar o‘rtasida munozara maydoniga aylandi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish