Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixi, Yangi tahrirdagi Qomusimizning o‘ziga xos jihatlari haqida o‘quvchilarga tushuncha bermoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Olmaliq shahar Arxitektura va qurilish texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq demokratik partiyasining Olmaliq shahar kengashi raisi Gulchehra Otaxonova, shahar Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Ergash Abdurayimov, texnikum direktori Sohiba Mirzakarimova va yoshlar ishtirok etdi.
Qizg‘in muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar deputatdan ko‘plab savollariga javob oldi. Xususan, bolalar huquqlarini himoyalash, yoshlarning ta’lim olishi, ish bilan ta’minlanishi kabi o‘zlariga qiziq masalalarda qanday huquqlarga ega ekanliklari haqida tushunchaga ega bo‘lishdi. Bosh Qomusimizda belgilangan asosiy huquq va burchlariga oid me’yorlar bilan tanishdilar. Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya kitoblari taqdim etildi.
Olmaliq shahrida bunday uchrashuvlar davom etmoqda.