«Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari»
«Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari»

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining loyihalari yangi tarkib deputatlari ishtirokida davom etmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputati N.Raxmanberdiyeva «Sharq» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Choriyev hamkorligida «Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari» loyihasi asosida mahalla ahli va faollari bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimiz rivojlanishning yangi davriga qadam qo‘yayotgani va bu hayotimizning barcha jabhalarida yuz berayotgan o‘zgarishlarda o‘z ifodasini topayotgani ta’kidlandi. Xalqimizning ertangi farovon hayoti, maxallalarda yuritilayotgan «Temir daftari», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»da qayd etilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ayollar, yoshlar, keksalar, nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash kerakligi qayd etildi. Bunda ular uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar borasidagi chora-tadbirlar ijrosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligiga urg‘u berildi.

Aholini tashvishga solayotgan masalalar yuzasidan ularning murojaatlari, takliflari va istaklari tinglandi. Yechimini kutayotgan masalalar yozib olinib, mutasaddilarga yetkazildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish