Deputat tashabbusi bilan nuroniylar uchun sayohat tashkil etildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi B.Habibullayev va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kegeyli tumani kengashi tashabbusi bilan tumandagi nuroniylar uchun sayohat tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Taxtako‘pir tumanidagi yangi tashkil etilgan "Qarateren" sayyohlik majmuasiga bordi.

Sayohatg davomida tuman partiya kengashi vakillari, tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari, faollari va nuroniylar sayyohlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy sharoit va imkoniyatlarga ega majmuadagi xizmat ko‘rsatish o‘rganildi.

Nuroniylar ish sifatini yanada oshirishga oid hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, maslahatlar berdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Faxriy Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish