Deputatlik birlashmalari va partiya tashkilotlarining hamkorligi samaradorlik garovidir

 

Yodingizda bo‘lsa, bir necha oy oldin Prezident farmoni bilan jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkazildi.

Farmonga muvofiq, mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovdan keyin deputatlik birlashmalari yangilandi, avvaldan tajribaga ega deputatlar bilan birga, yosh va tashabbuskor deputatlarning ham safi kengaydi. Bu esa ularga amaliyotda qo‘l keluvchi nazariy bilimlarni eslatish, ko‘nikmalarni mustahkamlashni taqozo qiladi.

Mahalliy Kengashlarda o‘z pozitsiyasini saqlab qolgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovchilar ishonchini oqlash, deputatlarning qonuniy vakolatlaridan samarali foydalanish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Ayna paytda joylarda o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Toshkent viloyatida ham deputatlar rejaga muvofiq o‘qitildi. Xususan, siyosiy partiyalar va deputatlarning ish uslubini yanada takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar orqali joylarda “Markaz-viloyat-tuman” tartibida ishlaydigan tizimi orqali ishlash natijadorligi tushuntirildi.

Shu bilan birga, mahalliy Kengashlar faoliyatida uchrayotgan kamchiliklar, deputatlarning aholi muammolarini hal etish borasida deputatlarning roli sezilarli darajada ortganini alohida e’tirof etdilar.

Xuddi shu tartibda xalq deputatlari viloyat Kengashlari tumanlarda, tuman Kengashi deputatlari esa mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy ravishda nazorat olib borishlari maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Bir qancha punktlarni o‘zida qamrab olgan dastur doirasida o‘tkazilgan seminar yakunida deputatlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari o‘rtasidagi hamkor masalalari kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Saylov Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish