Mahalliy Kengashlarning vakolatlari ortgani, ularning samarali faoliyati uchun sharoitlar yaratilayotgan avvalo xalq manfaatiga xizmat qilmoqda. Masalan, xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashi deputati D.Ahmedovaga "Yangihayot" mahallasining bir guruh fuqarolari tomonidan murojaat bo‘lgan edi.
Gap shundaki, mahallaga ichimlik suv quvurining yorilishi natijasida suv bosimining pasayib ketgan. Buni qarangki, mahalladagilar bu masalaning yechimini bir necha oydan buyon kutib kelgan. Oxir oqibat oxirgi umidda deputatga murojaat qilishga to‘g‘ri kelgan.
Ichimlik suvi isrof bo‘lib yotgani va bundan aholi jabr ko‘rayotgani deputatning tezkorlik bilan chora ko‘rishga undagan. “Suvoqova” davlat unitar korxonasi Yangiyo‘l shahar bo‘limiga qilgan murojaati tufayli, trubalar soz holatga keltirildi.