Xo‘jaylida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

 

Xo‘jaylida O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Xo‘jayli tuman kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi bilan hamkorlikda tadbir tashkil qildi.

Xususan, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi doirasida amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda partiya mas’ullari, tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi N.Primbetova, Xo‘jayli poliklinikasidagi BPT a’zolari, 3-sonli Oilaviy poliklinika mas’ullari va hudud aholisi ishtirok etdi.

Amaliy tadbir davomida 150 dan ortiq xotin-qizlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha shifokorlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kasalligi aniqlanganlarga davolanish uchun yo‘llanmalar va dori-darmonlar topshirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish