O‘zXDP xotin-qizlarga ko‘maklashishga hamisha tayyor
O‘zXDP xotin-qizlarga ko‘maklashishga hamisha tayyor

 

Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturida muhtojlarga ko‘mak berish g‘oyasi ustuvor masala sifatida belgilangan. Bunda albatta xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasi ham muhim tashabbuslar sirasiga kiradi. Shu ma’noda partiya turli loyihalar, aksiyalarni amaliyotga tatbiq etib kelmoqda. Ana shulardan biri «Ayollar ko‘mak» loyihasidir.

O‘zbekiston XDP Mirzacho‘l tuman kengashi ham mazkur loyiha doirasida xotin-qizlarga turli masalada yordam berib kelmoqda.

Xususan, kengash raisi A.Namazova hamda deputatlar tomonidan loyiha doirasida «G‘alaba» mahallasi xotin-qizlari bilan suhbat o‘tkazildi. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganildi. Ya’ni, mahalliy Kengash deputatlari biriktirilgan holda ayollarning muammosi o‘rganilib, ularga bosqichma-bosqich yechim topish chorasi ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish