«Baxt»liklar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
«Baxt»liklar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi

 

Havo sovigani sari inson ko‘proq himoyaga, muhofazaga ehtiyoj sezadi. Ayni shu pallada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi joylarda tibbiy ko‘rik aksiyalarini tashkil qilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston XDP G‘allaorol tuman kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Baxt» mahallasida «Sog‘lom ona – sog‘lom oila» loyihasi doirasida amaliy tadbir tashkil qildi. Mahallada joylashgan vrachlik punktidagi tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Amaliy tadbir doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan masalalarda ham suhbatlar tashkil qilindi.

Shuningdek, 40 dan ortiq xotin-qizlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha shifokorlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi aksiyalar Jizzaxning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish