Deputat mahallada

 

Havo sovuq, kunlar qisqa bo‘lishiga qaramay, deputatlar funksional vazifalaridan ortib, mahallalarda ham suhbat tashkil qilmoqda. Xususan, 11-Gulbuloq saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, Jizzax viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘.O‘rozboyev, O‘zXDP Baxmal tuman kengashi raisi A.Zikirayev bilan birgalikda "Gulbuloq" MFY hududidagi 50-sonli umumta’lim maktabi binosida sayyor qabul o‘tqazdi.

Aholi bilan suhbat jarayonida deputat Respublikamizda, jumladan, Jizzax viloyatida amalga oshirilib kelinayotgan bunyodkorlik ishlari, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratilishidagi e’tiroflarga to‘xtalib o‘tildi.

Gulbuloq mahallasida istiqomat qilib kelayotgan aholi vakillaridan B.Yaxshiboyev, Q.Toshpo‘latov, R.Nazarov, B.Karamanov, X.Bozorov va boshqalarning savollariga, muammolarni bartaraf etishdagi takliflariga atroflicha javob qaytarildi. Har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yetkazilib, belgilangan muddatlarda muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi belgilab olindi.

Shuningdek, o‘rganish davomida ishchi guruh Baxmal tumani shaxsiy tarkibdagi arxivda ham bo‘ldi. U yerda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishib chiqildi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish