Deputat mahallalarda saylovchilarning turish-turmushi bilan tanishmoqda

 

Ma’lumki, xalqimiz farovonligi, yurtimiz obodligi yo‘lidagi islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim me’yoriy hujjatlarning joylardagi ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish deputatlarning amaliy faoliyatiga aylangan. Tabiiyki, bu ularning funksional vazifasi hamdir.

Ayni maqsadlarda, «Deputat mahallada» loyihasi doirasida Prezidentimizning 2024-yil 24-iyundagi «Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi holati Jizzaxdagi «Qaliya» va «Bunyodkor» mahallalari chegaralarida o‘rganib chiqildi.

Jarayonda, qaror talablari asosida deputat B.Toshpo‘latovning tashabbusi bilan «Qaliya»da qisqa muddatda namunaviy loyiha shaklida «Chiqindi yig‘ish shoxobchasi» qurilib, foydalanishga shay holga keltirilgani o‘rganildi. Shuningdek, «Mahalla servis kompaniyasi» binosining qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilayotganiga guvoh bo‘lindi.

Shu kuni deputatlar B.Toshpo‘latov va O.Bakirov hududga chegaradosh bo‘lgan «Bunyodkor» MFYda mahalla raisi va faollari bilan uchrashdi va ularni tashvishga solayotgan masalalarni o‘rgandi. E’tiborli jihati, ayrim muammolar deputatlar ko‘magida joyida yechimini topdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish