Deputat tashabbusi bilan...

 

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Oybek Mamatqulovning tashabbusi bilan Zomin tumanidagi bir qancha fuqarolarning murojaati ijobiy hal etildi.

Xususan, 2024-yilda Zomin tuman hokimligi va “Qo‘rg‘on” MFYda yashovchi fuqarolar o‘rtasida, buzilgan turar joylar uchun kompensatsiya to‘lovi bo‘yicha kelishuv bitimi tuzilgan hamda 2024-yil 20-iyunida Jizzax viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlisi ajrimi bilan tuman hokimligidan kompensatsiya undirish belgilangan. Ya’ni, 2 nafar (A.Turdiyev, M.Xasanova) fuqaroga, 2024-yil 4-6-iyun kunlari Zarbdor tumanlararo ochiq sud majlisi ajrimi bilan 2 nafar (Z.Ismatullayev, S.Ismatullayev) fuqaroga yetkazilgan zarar uchun hokimlik javobgar, deb topilgan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablari asosida viloyat kuzatuv kengashining xulosasi taqdim etildi. Mazkur hujjatga muvofiq hududiy kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqarolarga yetkazilgan zarar to‘liq to‘latib berildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish