Insonlarga moddiy va ma’naviy ko‘maklashish, dardiga darmon bo‘lish kabi fazilatlarni xalqimiz azaldan yuksak qadrlaydi. E’tiborlisi, bu jihatlar turli soha vakillarining faoliyatida ham aks etadi. O‘zbekiston XDP tashabbusi bilan tatbiq etilgan turli loyiha va aksiyalar misolida ham bunga guvoh bo‘lish mumkin.
Xususan, partiyaning Baxmal tuman kengashi raisi, viloyat Kengashidagi partiya guruhi a’zosi E.Nariyev hamda deputat A.Zikiryayev, tuman tibbiyot bo‘limi bosh vrachi v.b. Z.Fayzullayev, «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari R.Tavbayev hamkorlikda salomatlik aksiyasini tashkil qildi. Aksiya doirasida ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan oilalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tadbir davomida mas’ullar aholi bilan suhbatlashdi, ularni sog‘ligidagi muammolar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.
Shuningdek, tor doiradagi malakali mutaxassislar tomonidan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.