Aholining ehtiyojmand qatlamlariga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaytirilmoqda. Tibbiy xizmat, sog‘liqni saqlash tizimi zamon talablari mos ravishda takomillashib boryapti. E’tiborlisi, bugun odamlarning tibbiy madaniyati ham ancha yuqori. Bu borada ularni qo‘llab-quvvatlash, profilaktik tadbirlarni muntazam yo‘lga qo‘yish salomatlikni saqlashda muhim sanaladi.
O‘zbekiston XDP ayni ushbu yo‘nalishda qator loyihalarni hayotga tatbiq etib kelmoqda. An’anaviy tarzda joylarda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rik aksiyalari ana shular jumlasidandir.
Partiyaning Mirzaobod tuman kengashi raisi Sh.Mamirov tashabbusi bilan «Oqoltin» MFYda joylashgan Oilaviy poliklinikada «Salomatlik aksiyasi» tashkil qilindi.
Tadbir doirasida mahalladagi ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand fuqarolar tor doira mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi. Odamlarning holatiga qarab ayrimlariga tibbiy maslahatlar, zarurat borlariga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.