Aholining bandligini ta’minlash deputatlar nazoratida

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva hamda partiyaning Jizzax viloyat kengashi mutasaddilari birgalikda Paxtakor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘ldi. Ishchi guruh tumandagi aholi bandligi va migratsiya masalalari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi hamda mas’ul xodimlar bilan suhbatlashdi.

Muloqot davomida tumandagi ishga joylashish imkoniyatlari, aholi migratsiyasining sabablari va uni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Shuningdek, bandlikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar ko‘rib chiqildi.

Partiya xodimlari va deputatlar hududdagi aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini ham tahlil qildi.

Jumladan, tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lgan ishchi guruh a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslar, vasiylik va homiylik bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

Shu bilan birga, aholini huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari va boshqa dolzarb ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, turli toifadagi aholining ehtiyojlarini qondirish va ularning turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar tinglanib, tegishli mutasaddilar tomonidan yozib olindi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi ijtimoiy muammolarni o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan aniq choralarni ishlab chiqishdan iboratdir.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish