Aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘llari tushuntirilmoqda

 

Deputat xalq bilan qanchalik ko‘p muloqot qilsa, aholi kundalik hayotdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan shunchalik voqif bo‘lib boradi, muammolar yechimi tezlashadi, odamlarda ertangi kunga ishonch ortaveradi. Ana shunday tadbir Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiya a’zosi Iba Narizova saylovchilar bilan uchrashdi.

Deputat dastlab qabul qilinayotgan qonunlar, ularning xalqchilligi, ijtimoiy darajasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Respublika budjetining 52 foizi ta’lim va tibbiyotga ajratilayotgani, mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi bankir shtatlarini joriy etilayotganiga alohida urg‘u berdi.

Shu hududdan tuman Kengashiga saylangan deputat Zebo Jiyanova ham so‘zga chiqib, “kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida kam ta’minlangan oilalarga yaratilayotgan imtiyozlar haqida gapirdi. Xususan, fuqarolarga yaratilayotgan qo‘shimcha bank xizmatlari, ipoteka kreditlari asosidagi uy-joy olish, sug‘urta tizimini joriy qilinayotganiga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Muloqot so‘nggida deputatlar saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berarkan, ayrim muammolar yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam berishni o‘z zimmasiga oldilar.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish