“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining mazmun-mohiyatni saylovchilarga tushuntirish, yo‘nalishlar va hududlar kesimida ijro etilishi holati ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatish. Shu kunlarda hududlarda bo‘lib turgan quyi palata deputatlar mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Odiljon Iminov Bandixon politexnikumida saylovchilar bilan uchrashdi.
Muloqotda deputat qonunchilikka kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida aholini xabardor qildi. Shuningdek, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirilishiga oid Davlat dasturi hamda partiya Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarga e’tibor qaratdi.
Ishchi guruhi a’zolari “Chinor” mahallasida ham bo‘ldi. Ushbu manzilda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi, ularni tashvishga solayotgan masalalar o‘rganildi.
Shuningdek, “Muruvvat” uyidagi sharoit, tibbiy xizmatlarning sifati hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi dasturlar ijrosi ko‘zdan kechirildi. Bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida partiya tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, bandlik, yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan bog‘liq masalalarda suhbatlar o‘tkazdi. Ijtimoiy sohada oid kamchiliklar va murojaatlar yozib olindi va ularning yechimiga oid takliflar ishlab chiqildi.