Okrugdagi faoliyat: targ‘ibot, o‘rganish, tahlil va taklif

 

Dastlabki uchrashuvimiz 42-Surxondaryo saylov okrugi hududidagi Denov tumanidagi saylovchilar bilan bo‘ldi. Avvalo, Denov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining ijrosini amalga oshirish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi. Shtabda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mas’ul organlar vakillarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani sohaga kompleks yondashuvni amalga oshirmoqda. Olib borilgan tahlillar asosida aholi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish borasida bir qator takliflar olindi.

Shuningdek, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Denov tumani bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi, “Surxon-Diyor”, “Navnihol”, “Obod turmush” mahallalari, 40-sonli umumta’lim maktabi, 48-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, Oqova suvlarni tozalash inshooti, kambag‘al oilalar reyestrga kiritilgan 10 ga yaqin oila xonadoniga borildi.

Uchrashuvlar davomida qabul qilingan qonunlar hamda Qonunchilik palatasida muhokamada bo‘lgan qonun loyihalarining targ‘iboti amalga oshirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning tashabbuslari asosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 11 ta rezolutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati saylovchilarga yetkazildi.

Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi, “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Mazkur hujjatlarning yo‘nalishlar va mahallalar kesimida ijro etilishi holati o‘rganildi.

Okrugdagi faoliyat asnosida 2025 yilda investitsiya dasturi asosida Denov tumani hududida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanlanma asosida manzilli ko‘rib chiqildi hamda dasturning ijro etilishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Okrugda uchrashuvlar davom etmoqda.

 

Firdavs SHARIPOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish