Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Odiljon Iminov, xalq deputatlari Termiz tuman kengashi raisi G.Shafoatova va bir guruh deputatlar tumandagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi.
Deputatlar tomonidan ta’lim muassasasi holati, o‘quv jarayoni, kutubxona, sport zallari, amaliy mashg‘ulot xonalari, davolash xonalari, oshxona va o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda maktabning moddiy- texnika bazasi o‘rganildi.
O.Iminov o‘rganishlar jarayonida ta’lim muassasasida mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘z takliflarini berdi.
Uchrashuv so‘ngida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘quvchilari tomonidan ham takliflar tushdi. Xususan Yoshlarning Afg‘oniston fuqarolari uchun O‘zbekiston OTM o‘qishga kirishda va davlat grantlarini ajratishda bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.