Jizzaxda BPTlar soni yana bittaga ko‘paydi

 

Partiya g‘oyalarini keng aholi qatlami orasida targ‘ib qilish, partiya safini kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi shu maqsadda joylarda turli tadbirlar tashkil etmoqda.

Partiyaning Baxmal tuman kengashi raisi, deputat A.Zikiryayev tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Muloqotda ishtirokchilarga partiyaning dasturiy g‘oya va maqsadlari tushuntirildi, uning tashabbuslarini amalga oshirish yo‘llari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Suhbat davomida ko‘tarilgan mavzular muhokamasi natijasida bir guruh markaz xodimlari partiya safiga qabul qilindi. Inson ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston XDPning yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish